Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik kengashi: global barqarorlik sari yangi diplomatik qadam
16:38 / 2026-02-19

Ma’lumki, shu kunlarda davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida yangi xalqaro muloqot maydoni – Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish rejalashtirilgan. Mazkur tuzilma global va mintaqaviy mojarolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan ko‘p tomonlama mexanizm sifatida shakllanmoqda.

Ayniqsa, kengash faoliyatida Yaqin Sharqdagi nizolarni bartaraf etish, G‘azo sektorini gumanitar jihatdan mustahkamlash kabi masalalar ustuvor o‘rin tutayotgani uning xalqaro ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bu esa O‘zbekiston tashqi siyosatida ilgari surilayotgan muzokara va diplomatik muloqotga tayanish tamoyillari bilan uyg‘unlashadi.

O‘zA muxbiri mazkur yig‘inning ahamiyati xususida Samarqand davlat chet tillar instituti katta o‘qituvchisi Aziza Ahmedova fikrlarini yozib oldi.

– Bu shunchaki tashrif emas. U mamlakatimiz siyosati Tinchlik kengashi siyosati bilan hamohang ekanini ko‘rsatadi. Kengashning asosiy maqsadlaridan biri Yaqin Sharqdagi turli mojarolarni hal etish va G‘azo sektorini gumanitar jihatdan mustahkamlash. Prezidentimiz xalqaro minbarlarda ziddiyatlarni faqat tinchlik va diplomatik muloqot orqali hal qilish g‘oyasini doimo ilgari surib keladi. Mazkur kengashda ham aynan shunday tamoyillar ilgari surilyapti.

Qisqacha aytganda, davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifi tashqi siyosatimizda yangi bosqich boshlanayotganini anglatadi. O‘zbekistonning Tinchlik kengashida faol ishtirok etishi mamlakatimiz jahonda tinchlikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotganini namoyon etadi.

D.Hakimov yozib oldi.

O‘zA