Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatilmoqda.
Xususan, poytaxtimizda faol yoshlar tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot aksiyasi doirasida ham yurtdoshlarimizga ana shunday lentalar ulashildi. Ko‘ksiga davlat bayrog‘ining bir parchasi qadalgan hamyurtlarimizning qalblarida yana bir bor faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh urib, Vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik hissi paydo bo‘ldi.


– Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, go‘zal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan, –dedi Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov. – Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hissi yashaydi. El-yurtining tinchligi uchun mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimizni sharaflash har birimizning insoniy burchimizdir.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA