Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik, farovonlik va taraqqiyot ustuvor mahalla
11:10 / 2026-01-19

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi “Qirqinchi” mahalla fuqarolar yig‘inida 2 ming 253 nafar istiqomat qiladi. Shundan 1 ming 150 nafari xotin-qiz, 694 nafari yoshlardan iborat.

Mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, “mahallabay” ishlash tizimi asosida har bir oila holati o‘rganilib, ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.

[gallery-27160]

Ishsiz fuqarolarni band qilish maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavsumiy va doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida esa ularga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilmoqda.  

Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha va xiyobonlar ta’mirlanib, yoritish tizimlari yangilanmoqda, aholi dam olishi uchun qulay muhit yaratilmoqda.  

Ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yaxshi ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, sport va ijod bilan shug‘ullanishi uchun ham yaxshi imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda mahalladagi ko‘pgina iqtidorli yoshlar faol ishtirok etmoqda.  

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA