English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik darslari ogohlikka da’vat etadi
11:29 / 2015-05-08

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim maskanlarida 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuchlar veteranlari, harbiy xizmatchilar ishtirokida Tinchlik darslari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim maskanlarida 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuchlar veteranlari, harbiy xizmatchilar ishtirokida Tinchlik darslari bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni asrash, millati, dini, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida farzandlarimiz tinchlik hukmron ozod va obod yurtda, mehr-oqibat, muruvvat, saxovat, ezgulik barqaror muhitda hech kimdan kam bo‘lmasdan kamolga yetmoqda.

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham Tinchlik darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik xalqimizning eng katta boyligi ekani, baxtiyor va farovon hayotning, istiqlolimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash har bir insonning farzandlik burchi ekani xususida so‘z yuritildi. Faraxbaxsh kunlarimiz zamirida ota-bobolarimiz, katta avlod vakillarining jasorati va fidoyiligi, chekkan zahmati mujassam ekani o‘quvchilarga sodda va ta’sirchan, hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

– Bugun tinch-osuda, bolalarning quvnoq kulgisi yangrab turgan, kattalarning chehrasida o‘z hayotidan mamnunlik, baxtiyorlik yog‘ilib turgan, butun jahon havas bilan boqayotgan hur va ozod yurtda yashamoqdamiz, – dedi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Oydin Navro‘zova. – Bunday yorug‘ kunlarga, to‘kinlik, farovonlik barqaror bo‘lgan dorilomon zamonga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Davlatimiz rahbarining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida barchamiz uchun eng muqaddas tushuncha bo‘lgan mustaqillik, ozodlikka qanday sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani, istiqlolimizning ma’naviy asoslari tarixiy-tahliliy materiallar, hayotiy misollar, teran qiyoslashlar orqali ifodalangan. Tinchlikning qadriga yetish, yon-atrofga doimo hushyor va ogoh, teran nigoh bilan nazar solish, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni dildan anglash o‘g‘il-qizlarimizning zimmasida. Negaki, Vatanimizning ertasi, istiqboli, kelajagi yoshlarning qo‘lida.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, bu aziz ne’matni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatda insonparvarlik, ahillik, o‘zaro totuvlik va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1999-yildan buyon mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanayotgani g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ota-bobolarimizni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, urushda tinchlik uchun jon fido etgan hamyurtlarimiz xotirasini muqaddas bilishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Katta avlod vakillarini qadrlashga oid ezgu ishlar ko‘lami Keksalarni e’zozlash yilida yanada kengaydi. Bu yo‘nalishda qabul qilingan Davlat dasturiga muvofiq nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish, ko‘nglini ko‘tarish borasidagi ishlar hajmi ortmoqda.

– Bunday yorug‘ kunlarga kimlar yetdi, kimlar yetmadi, – deydi Guruchariq mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Komil Inog‘omov. – Bugungi tinch-osoyishta zamonamiz, kun sayin chiroy ochib borayotgan shaharu qishloqlarimiz, o‘z hayotidan mamnun bo‘lib, kelajakka ishonch bilan intilayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, yana yashargandek bo‘laman. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar kishiga katta huzur va quvonch bag‘ishlaydi. Bularning bari Yurtboshimizning uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan ezgu ishlari samarasidir. Ana shu ne’matlarga munosib bo‘lish, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, doim hushyor va ogoh bo‘lish siz, yoshlarning burchingizdir.

Bu yilgi Xotira va qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 70-yilligiga hamohang tarzda nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Zero, osuda, saodatli kunlarga nuroniy otaxon va onaxonlarning matonati va jasorati tufayli erishilgan. Shu bois tabarruk bu insonlarni har qancha ardoqlasak, ularga ta’zim etsak oz.

– Tinchlik darsida bu yilgi Xotira va qadrlash kuni nima sababdan «Jasorat, burch, matonat» shiori ostida o‘tkazilayotganini yanada chuqur angladik, – deydi 9-sinf o‘quvchisi Muhammadali Abdug‘afforov. – Bobolarimizning jasorati va matonati sababli osoyishta hayotga erishilgan. Tinchlik, mustaqillik, ahillik va totuvlikdek aziz ne’matlarni asrab-avaylash, uning qadriga yetish, doim barqarorlikni ta’minlash bizlarning zimmamizdagi burch ekanini chin dildan his etdik.