Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik bo‘lsa, taraqqiyot bo‘ladi
17:10 / 2025-11-07

E’tibor berganmisiz, rivojlangan davlatlar avvalo, barqaror tinchlik natijasida shakllangan. Negaki, har qanday sohaning taraqqiyoti bevosita mamlakatdagi vaziyatdan kelib chiqib o‘sishga erishadi. Shuning uchun ham donishmand xalqimizning duo boshi azal-azaldan tinchlik-xotirjamlikdan boshlanadi.

–Mamlakatning qudrati unda fanning naqadar rivojlanganida desak, xato bo‘lmaydi. Ta’lim, madaniyat yuksak darajada shakllangan xalqlarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘ladi. Buning uchun esa yurt tinchligi, xalq farovonligi muhim omil sanaladi. Notinchlik esa nafaqat davlat kelajagiga xavf soladi, balki xalqning tarqoqlashib ketishiga ham olib kelishi mumkin, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Abdumurod Tilovov.

Darhaqiqat, hududiy yaxlitlik, millatlararo totuvlikning mustahkamligi mamlakat taraqqiyotining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda olib borilayotgan siyosat ham ayni shunga qaratilgan.

Xalqimizda "Qo‘shning tinch, sen tinch", degan maqol bejiz aytilmagan. So‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydonda yuritayotgan izchil, ochiq va pragmatik tashqi siyosati ijobiy baholanmoqda. Buning natijasida esa bir qancha sohalar rivoj topishi tabiiy.

Sherbek Islomov, O‘zA