FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqaning Samarqand viloyat bosqichida barcha tuman-shaharlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mard, jasur va shijoatli yoshlardan tarkib topgan 16 jamoa respublika bosqichi yo‘llanmasi uchun bahslashdi.
[gallery-13209]
Viloyat bosqichida jamoalar tezkor savol-javob, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi Samarqand viloyat bosqichi g‘olibligi Toyloq tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabining “Jasorat” jamoasiga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni Jomboy va Narpay tumani jamoalari egalladi.
G‘olib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA