Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinch va farovon yurtning ertaknamo oqshomlari
10:26 / 2025-04-16

Tungi chiroqlar og‘ushidagi shahar. Tinch yurtning tunlari ham nurli va fayzli bo‘ladi.

Ko‘p qavatli uyning hovlisida nabirasini yetaklab yurgan onaxon. Yumushini tugatib, oilasi davrasiga oshiqayotgan ota. Ochiq deraza va pastda o‘ynayotgan bolalar orasidan kenjatoyini qidirayotgan ona...   

Bu yangi Andijon – Bobur shahrining tungi manzarasi.   

Umumiy maydoni qariyb to‘rt ming gektar bo‘lgan ushbu shaharning bosh rejasiga ko‘ra, bugun ham qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.   

Shaharning 1 ming 439 gektarida 2 mingta ko‘p qavatli turar joy va savdo maskani qad rostlaydi. Shuningdek, 223 gektarda xizmat ko‘rsatish, 1 ming 820 gektarda yashil hududlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy yo‘l va boshqa infrastruktura ob’ektlari bo‘ladi.   

[gallery-22839]

Dastlabki bosqichlar doirasida 5, 7 va 9 qavatli 63 ta uy qurib bitkazildi. Tayyor xonadonlarning ko‘pchiligiga oilalar ko‘chib kelib yashamoqda.    

Kuni kecha bu shahar katta bayramga – davlat rahbari ishtirokidagi xalq sayliga mezbonlik qildi.   

Ikrom AVVALBOEV,

Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA muxbirlari