Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinch okeanining janubiy sohillarida sunami xavfi eʼlon qilindi
12:51 / 2018-12-05

Tinch okeanining janubiy hududlarida yuz bergan 7,6 balli yer silkinishidan soʻng sunami sodir boʻlish xavfi ortmoqda.


Tinch okeanining janubiy hududlarida yuz bergan 7,6 balli yer silkinishidan soʻng sunami sodir boʻlish xavfi ortmoqda.

Global News axborot tarmogʻida chop etilgan xabarda qayd etilishicha, 5 dekabr kuni Fransiyaning maʼmuriy-hududiy tarkibi hisoblangan Yangi Kaledoniyaning sharqiy qismida 7,6 magnitudali suvosti silkinishi yuz bergan.

Zilzila markazi dengiz sathidan 10 kilometr chuqurlikda joylashgani aniqlangan.

Tinch okeani hududida sunami xavfidan ogohlantirish markazi tarqatgan maʼlumotga koʻra, Yangi Kaledoniya va Vanuatu qirgʻoqlariga yopiriladigan sunami toʻlqinlarining balandligi 1-3 metrni, Fiji orollarida esa 1 metrni tashkil etishi mumkin.

Zilzila oqibatida koʻrilgan zarar haqida rasmiy maʼlumot qayd etilmagan.