Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinch okeanida giyohvandlikka aloqador kema yo‘q qilindi
14:55 / 2026-02-06

AQSH Qurolli kuchlari Tinch okeanida narkotrafik bilan bog‘liq, deya gumonlangan kemaga zarba berilganini ma’lum qildi. Amaliyot natijasida ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Lotin Amerikasi va Karib havzasi uchun mas’ul bo‘lgan Janubiy qo‘mondonlik xabar berdi.

Bayonotda qayd etilishicha, ushbu kema Tinch okeani sharqiy qismida, giyohvand moddalar aylanmasiga oid muayyan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlangan va maxsus vazifalarni bajargan.

Amaliyot chog‘i Amerika harbiy xizmatchilari orasida yo‘qotish kuzatilmagani ta’kidlangan. Binobarin, amerikalik harbiylar tarqatgan suratlarda aynan giyohvand moddalar tashilgan kema aks etganiga oid dalil taqdim etilmagan.

D.Hakimov, O‘zA