Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Timur Kapadze Olimpiadaga boradigan yakuniy tarkibni e’lon qildi
09:53 / 2024-07-10

Joriy yilning 24 iyulidan 10 avgust kuniga qadar Fransiya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi.

Olimpiyachilarimiz mazkur musobaqaning  «S» guruh bosqichida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahslarda terma jamoamizning 22 nafar futbolchisi ishtirok etadi.  

Aniqrog‘i, kuni kecha terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiya o‘yinlariga boradigan yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Yakuniy tarkib quyidagicha:   

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Vladimir Nazarov, Hamidillo Abdunabiyev.  

Himoyachilar: Abduqodir Husanov, Asadbek Rahimjonov, Muhammadqodir Hamraliyev, Husniddin Aliqulov, Saidazamat Mirsaidov, Zafarmurod Abdirahmatov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev,    

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev, Behruz Asqarov, Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov, Umarali Rahmonaliyev, Diyor Xolmatov.  

Hujumchilar: Abbosbek Fayzullayev, Oston O‘runov, Eldor Shomurodov, Alisher Odilov, Ruslan Jiyanov, Husain Norchayev.  

Eslatib o‘tamiz, to‘rt nafar futbolchi zaxira tarkibidan joy oladi. Agar asosiy 18 nafar futbolchidan biri jarohat oladigan bo‘lsa, ulardan biri safga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.   

Timur Kapadze shogirdlari Olimpiadadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi tur uchrashuvi 27 iyul kuni Misrga qarshi o‘tsa, 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi bilan uchinchi turda raqobatlashadi.    

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA