Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Timur Kapadze "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi
15:45 / 2025-12-01

Futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz yakunlangach, yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tus olmoqda.

Gap shundaki, oldinroq Samvel Babayan «Andijon» klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan bo‘lsa, «Navbahor» futbol klubi bugun yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman e’lon qildi.

Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalar yuzasidan atroflicha muzokaralar olib bordi hamda jamoaning kelgusi rejalari va maqsadlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishildi. Tomonlar o‘zaro shartnoma imzolagan.

Timur Kapadze — O‘zbekiston futbolida yaxshi tanilgan, katta tajribaga ega mutaxassis. U murabbiylik faoliyati davomida yoshlar jamoalaridan tortib milliy terma jamoagacha bo‘lgan turli bosqichlardagi tarkiblarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning rahbarligi ostidagi jamoalar xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelgan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA