Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Times New Roman va Arial shriftlari rossiyalik mijozlar uchun bloklandi
14:41 / 2022-04-14

Times New Roman, Arial, Verdana, Tahoma va Helvetica shriftlariga ega bo‘lgan Amerikaning “Monotype” kompaniyasi rossiyalik foydalanuvchilarning saytdagi kutubxonasiga kirishini blokladi.

Bu haqda Rossiya IT-kompaniyasidagi manbaga tayanib, “Vedomosti” gazetasi yozmoqda. 

Gazetaning yozishicha, Monotype saytining o‘zi Rossiya Federatsiyasida mavjud, biroq shriftlar katalogi bilan sahifa ochishga urinayotganda foydalanuvchi kirish taqiqlangani haqidagi xabarni ko‘radi. Shu bilan birga, qayd etilishicha, VPN xizmatidan foydalanganda sahifa ochiladi va foydalanuvchi platformada ro‘yxatdan o‘tganda shriftlarga kirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Rossiyaning IT-kompaniyasining “Vedomosti” manbasiga ko‘ra, 11 aprel kuni Monotype shrift kutubxonasiga kirish to‘xtatilgani haqida ma’lum bo‘lgan, biroq uning kompaniyasi bu haqda rasmiy xabarnoma olmagan. 


O‘zA