French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Times: Britaniya mudofaa vazirligi josus havo sharlarini sotib olishga qiziqmoqda
09:48 / 2023-03-07

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi “dushman mamlakatlarni” kuzatib borish uchun bir nechta havo sharlarini sotib olish masalasini o‘rganib chiqmoqda. The Times gazetasining seshanba kungi sonida aytilishicha, o‘tgan yili Britaniya hukumati 100 million funt sterlingga Amerikaning Sierra Nevada Corporation kompaniyasi bilan stratosferada parvoz qiladigan havo tizimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishdagi ishlar Britaniya mudofaa vazirligining  Aether deb nomlangan loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.  

Havo sharlari 15-24 kilometr balandlikda uchishi mumkin.  

Bundan tashqari, The Times nashrining yozishicha Britaniya harbiylari stratosferada harakat qiladigan  konvensional uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalarni ishlab chiqarish uchun investitsiya jalb qilish masalasini ham o‘rganmoqda.  

Yanvarning so‘nggi kunlari AQSH hukumati mamlakat osmonida Xitoyning aerostati  uchib o‘tayotganini aniqlagan edi. 4 fevralda esa u urib tushirildi. Pentagonning ta’kidlashicha, shar muhim ma’lumotlarni to‘plash uchun uchirilgan. Xitoy esa sharni meteorologiya zondi ekanini ta’kidlab, AQSH havo hududiga tasodifan kirib borganini aytdi.