French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Time jurnali 2025 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi
11:16 / 2025-10-20

Time jurnali mutaxassislari chorak asrdan buyon har yili “Time’s Best Inventions” — eng yaxshi ixtirolar reytingini e’lon qilib keladi. 2025 yilda ham nashr insoniyat so‘nggi bir yil davomida yaratgan 300 ta eng muhim va innovatsion kashfiyotlarni sanab o‘tdi.

Eng yaxshi ixtirolar “Robototexnika”, “Go‘zallik”, “Ko‘ngilochar”, “Salomatlik”, “Dizayn”, “Qishloq xo‘jaligi”, “Oziq-ovqat”, “Sun’iy intellekt” kabi toifalarga bo‘lindi. Baholashda ixtirolarning samaradorligi, texnologik salohiyati va inson hayotiga ta’siri mezon sifatida olingan. 

2025 yilgi reytingda bir qator noodatiy va ilg‘or texnologiyalar e’tiborni tortdi. Masalan, Lenovo ThinkBook Transparent Display
— shaffof ekranli noutbuk rassomlar va dizaynerlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 17,3 dyuymli MicroLED displey va sensorli klaviatura bilan jihozlangan. 

Tecno Pocket Go — aralash reallik (AR) o‘yin qurilmasi bo‘lib, foydalanuvchi Windows o‘yinlarini “havoda suzib yuruvchi” oyna shaklida o‘ynashi mumkin. 

Huawei Mate XT Ultimate Design esa uch marta buklanadigan ilk smartfon bo‘lib, 10,2 dyuymli ekran va atigi 3,6 millimetr qalinlikka ega. 

Sog‘liqni saqlash toifasida AstraZeneca FluMist e’tiborga sazovor bo‘ldi — bu dunyodagi birinchi burun orqali ishlatiladigan shprits bo‘lib, uy sharoitida gripp yoki COVID-19 vaksinasini purkash yo‘li bilan yuborish imkonini beradi. 

Apple AirPods Pro 2 quloqchinlari ham ro‘yxatga kiritilgan — ular eshitish apparati rejimiga ega bo‘lgan birinchi model hisoblanadi. 

Cloudboom Strike LS — atigi 170 gramm og‘irlikdagi eng yengil poyabzallardan biri sifatida e’tirof etildi, ShedRain The Duo Umbrella esa ikki kishi uchun mo‘ljallangan noyob soyabon sifatida tan olindi. 

Go‘zallik sohasida Luum Precision Lash — kiprik ulovchi robot, Aescape — shaxsga moslanuvchi professional robot-massajchi eng diqqatga sazovor yangiliklar qatorida qayd etildi.

Shuningdek, Asus Zenbook Duo ikki ekranli noutbuki va Kangsters Wheely-X — nogironlar aravachasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan yugurish yo‘lkasi ham yilning eng innovatsion ixtirolari sifatida e’tirof etilgan. 

Time jurnali ta’kidlaganidek, bu ixtirolar inson hayotini yanada qulay, xavfsiz va ijod qilishga xizmat qilmoqda hamda texnologik taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab bermoqda. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/awJc0p0-Tmo" title="Tame jurnali 2025 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva,

Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA