Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Badiiy ijod fenomenologiyasi (Shukur Xolmirzayev hikoyalari misolida)” mavzusida
Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Badiiy ijod fenomenologiyasi (Shukur Xolmirzayev hikoyalari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yilning 25-avgust kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy.
Tel.: (0 375) 225-34-13; faks: (0375) 221-00-56.
e-mail: kardu@mail.ru