Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tilo KLINNER: Siyosiy notinchlik hukm surayotgan bir pallada O‘zbekiston qat’iy kurash olib boryapti
18:04 / 2023-04-28

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Germaniya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston – Germaniya: hamkorlikning yangi ufqlari” konferensiyasida xalqaro tuzilma vakillari chiqish qilmoqda.

Jumladan, O‘zA muxbiri anjuman ochilishida nutq so‘zlagan Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner fikrlarini yozib oldi.

Ekspert bugungi kunda butun dunyo jiddiy geostrategik va siyosiy muammolarga duch kelayotganini, O‘zbekiston esa bu borada “qat’iy kurash olib borayotganini” ta’kidladi.

– So‘nggi yillarda mamlakatingiz yangi zamonga o‘ta boshladi. O‘zbekiston jamiyat hayotining barcha jabhalarida muhim o‘zgarishlar, siyosiy-iqtisodiy islohotlar ostonasida.

Ansambl, milliy o‘yinlarimiz, ko‘rgazmalar, umuman, madaniy tadbirlar aloqalarimizni rivoj topishiga xizmat qilmoqda. Ikki tomonlama iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlarga alohida e’tibor qaratilayotgani ham quvonarlidir. Ya’ni, hamkorlik faqat iqtisodiyot bilan cheklanmagan, fan va madaniyat sohasi ham jadal taraqqiy etayotganidan mamnunmiz.

Fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik talabalar va maktab o‘quvchilari nemis tilini o‘rganishga qiziqishi katta ekanini ma’lum qilaman. Shu bois Germaniya bu borada ishni kuchaytirdi. Nemis tilini o‘rganuvchilar sonini ko‘paytirish maqsadida bor imkoniyatni safarbar qilishga tayyormiz.

So‘zim yakunida barcha rejalashtirilgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshishiga tilakdoshman. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi haqidagi xabardan boshimiz osmonga yetdi. Strategik sherikligimiz yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonamiz.

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.

Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA