Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tilini yo‘qotgan el — yo‘qlikka mahkum
14:57 / 2025-10-20

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mutaxassis-olimlar tomonidan tilning millat hayotidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi. Jumladan, tilini yo‘qotgan el — yo‘qlikka mahkum. Ona tilini avaylash, yot so‘zlardan asrash — har birimiz uchun muqaddas burch ekani qayd etildi. O‘zbek tilining tarixiy jarayonlari xususida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, til millatning ko‘zgusi, xalq borligini, uning ruhi va ma’naviy boyligini namoyon etuvchi bebaho ne’mat. Sayyoramizda o‘zbek tilida so‘zlashadigan xalq borligi bu millatning tirikligini, ma’naviy qudratini ko‘rsatuvchi ulkan boylikdir.

Shu bilan birga, tadbir davomida ona tilining tozaligini saqlash, yoshlarda tilga ehtirom va muhabbatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida xalqimizning atoqli adibi Shukur Xolmirzayev ijodi yodga olindi. Adibning o‘lmas asarlaridagi milliy ruh, insonparvar g‘oyalar va hayotiy obrazlar hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA