Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tilga e’tibor o‘zimizga e’tibordan boshlanadi
15:25 / 2020-12-20

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada muhim o‘zgarish, yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar yo‘lga qo‘yilib, tizimda hujjat almashinuv ishlari to‘liq davlat tilida olib borilayapti.

Vazirlikka qarashli barcha hududiy bosh boshqarma va tashkilotlarning peshlavhalari, binoning ichki va tashqi yozuvlari to‘liq lotin alifbosida bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar, internet saytlarida ham davlat tilidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi ta’minlanmoqda.

Vazirlik ko‘pgina halqaro tashkilotlar, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti va Tashqi migratsiya agentliklari bilan bevosita hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi bois bu yo‘nalishlardagi ishlar xalqaro me’yorlarda belgilangan tartib asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Vazirlik xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. Bu davlatimiz rahbarining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va joriy yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida malakasini oshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi. Xodimlarning faoliyati davomida davlat tilida ish yuritish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga munosib hissa qo‘shgan ustozlar ham rag‘batlantirildi.

Davlat tilida ish yuritish muhim siyosiy jarayon, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

O‘zA.