Til yashasa, millat yashaydi
Navoiy viloyati prokuraturasi organlari xodimlari o‘rtasida “Til yashasa, millat yashaydi” mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Prokuratura organlari faoliyatida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, davlat tilining nufuzini yanada yuksaltirish, xodimlarning nutq madaniyatini oshirish hamda davlat tilida ish yuritishga oid amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tanlov 3 ta yo‘nalishda tashkil etildi.

Jumladan, “Tizimli-tahliliy ish tanlovi” yo‘nalishida 12 nafar, “Savodxonlik tanlovi” yo‘nalishida 25 nafar va “She’riyat tanlovi” yo‘nalishida 15 nafar ishtirokchi o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.



Tanlov yakunida barcha yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri