O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bugungi sana barchaga, xususan farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatadigan mutaxasislarga ham o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatlarini tahlil va tafakkur etish mas’uliyatini yodga solishi ta’kidlandi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimova ona tilimiz – o‘zbek tiliga davlat miqyosida qaratilayotgan e’tiborning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, shoir va tarjimon Aziz Said mehmon sifatida ishtirok etib, “O‘zbek tilining davlat va fuqarolar uchun ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tilimizga bag‘ishlab yozgan she’rlaridan o‘qib berdi.
M.Qosimova, O‘zA