Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, 2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Shunga ko‘ra, har yili mamlakatimizda 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib nishonlash belgilandi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi.
Til millatning bosh belgisidir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy tilimizga nisbatan e’tiborini yanada oshirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x7WhSdiZL6g" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratilgani xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda davlatimiz rahbarining 2019 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan yoshlarga tushunchalar berildi.
Tadbir so‘ngida Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan parchalar, vatanni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar tinglandi.
Gulnoza Boboyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA