Til – millat madaniyatining ko‘zgusi (+video)
Til — millat ko‘zgusi. U har bir millatning madaniyati, urf-odatlari, uning taraqqiyotini ko‘rsatuvchi oyna, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tili rivojlanmagan elning ruhida yuksalish kuzatilmaydi, o‘zligidan, milliyligidan tobora uzoqlashaveradi.
Millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri bu til ekan, har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri va nufuzi oshib boraveradi.
“Tashrif” dasturining bugungi soni o‘zbek tili xususida bo‘ladi. Mehmonimiz filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurov millatning ruhi, tom ma’noda joni hisoblangan ona tilimizni asrash va uni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritadi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/sdsLf-4fgsw" title="Til – millat madaniyatining ko‘zgusi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘tkir Alimov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA