Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til – millat koʻzgusi
19:03 / 2019-10-17

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.


Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Termiz shahrida tashkil etilgan ana shunday tadbirlardan birida joriy yilning 21-oktyabr kuni qabul qilinganiga oʻttiz yil toʻlayotgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ona tilimizning mustahkam huquqiy asosini yaratib, yuksak maqomga ega boʻlishida muhim oʻrin tutgani alohida taʼkidlandi. Ayni paytda oʻzbek tili davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, sport, madaniyat, sanʼat kabi barcha jabhalar qatorida harbiy sohada ham keng qoʻllanilayotgani eʼtirof etildi. Dunyoning turli davlatlarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ona tilimiz baralla yangrayotgani yoshu keksaning faxr-iftixor tuygʻularini yuksaltirayotgani haqida fikr almashildi.

– Mamlakatimizda milliy rivojlanishning yangi bosqichi boshlangan hozirgi paytda ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani tahsinga sazovordir, – deydi shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant O.Qurbonov. – Bunga poytaxtimizda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilib, ona tilimizning tarixini mukammal oʻrganish va rivojlantirish yoʻlida keng qamrovli ilmiy ishlar olib borilayotgani, joylarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etishga kirishilgani ham yaqqol misoldir. Ona tilimizga davlat darajasida yuqori ahamiyat qaratilayotgani yoshlar, shu jumladan, biz harbiylarning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat hissimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Termiz shahridagi muhtasham Sanʼat saroyida shu kuni chegarachilar hamda ularning oila aʼzolari uchun Farhod va Shirin guruhining “Sevgi – bu hayot” nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzbek tiliga chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻydi.