Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tikuvchilik sanoati Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi
13:45 / 2023-06-07

Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo tadbirkor ayollari uchun tikuvchilik sohasida mentoring dasturi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

USAIDning Markaziy Osiyoda savdo dasturi yordamida "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi va "Kurak" Qirg‘iziston ayollar forumi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishbilarmon ayollari ishtirok etdi.  

Vaqt zamonaviy brendlarni ilgari surish uchun yangi sharoitlarni talab qilmoqda. Bugungi kunda murabbiylik – korxonalarning dastlabki bosqichlarida qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan kuch, murabbiylar esa biznes muvaffaqiyatining muhim omili bo‘lib kelmoqda.  

Taqdimot davomida mutaxassislar sohani rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z yuritib, murabbiylikni targ‘ib qilish bo‘yicha to‘plagan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Dastur doirasida tikuvchilik sanoatida sertifikatlangan murabbiylarning mintaqaviy tarmog‘ini shakllantirish qayd etildi.  

Tikuvchilik sanoati Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Biroq ushbu sohada ishlaydigan tadbirkor ayollar ko‘pincha o‘z biznesini rivojlantirishda qiyinchilik va cheklovlarga duch keladi.  

Murabbiylik dasturining maqsadi — muvaffaqiyatli murabbiylar va tekstil sohasidagi tadbirkorlar o‘rtasida tajriba va bilim almashish uchun platforma yaratish orqali tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.  

Tikuvchilik sohasidagi tadbirkor ayollar orasidan Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan 30 nafar mentor – murabbiy va 30 nafar mentilar (shogirdlar) tanlab olinadi.  

– Ushbu dastur tikuvchilik sanoatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali mintaqaning barqarorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi, – dedi O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudova. – Dastur doirasida tanlangan ishbilarmon ayollarga yetakchi kuchlarning tajribasi va undan foydalanish imkoniyati beriladi. Murabbiylar biznes va shaxsiy o‘sishda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan individual yordam, maslahat va ko‘rsatmalar berib, mentilar bilan bevosita ishlaydi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA