Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TIF Milliy banki: Yoshlar yurt kelajagi
16:21 / 2019-10-31

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning Navoiy bo‘limi xodimlari Navoiy shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etib, dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi.


Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning Navoiy bo‘limi xodimlari Navoiy shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etib, dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi.

Maktabning 10 “A” – sinfida 31 oktabr – Xalqaro jamg‘arma kuni munosabati bilan uyushtirilgan darsda bank tomonidan keyingi yillarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, omonatlarni qo‘yish tartibi va turlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, bankning Navoiy bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 3 ming nafar fuqaroga 181 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratilgan. Shuningdek, bank o‘z mijozlari va fuqarolarga 11 turdagi milliy valyutada, 7 turdagi xorijiy valyutadagi omonat turlarini taklif etib, sarmoyalarni ko‘paytirish va ishonchli saqlashda munosib xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

– O‘quvchi yoshlarning bank tizimi va iqtisodiy rivojlanishda bank-moliya muassasalarining o‘rni xususida bilimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi bankning Navoiy bo‘limi korporativ boshqaruvchisi Laziz Xolmedov. – Ayniqsa bugungi yoshlar zukko va izlanuvchanligi bois, bu borada boshlang‘ich bilimlarni egallashga ulgurgan. Muloqotlarda o‘z fikrini erkin ifoda etib, elektron pul aylanmasi, valyuta turlari, to‘lov dasturlari va boshqa dasturiy mahsulotlarning afzalliklari xususida mulohazalarini bildirmoqda. 

Taqdimot tarzida o‘tkazilgan darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Reklama huquqi asosida.