TIF Milliy bank tomonidan jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi
TIF Milliy bank tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama keng imkoniyatlar yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
TIF Milliy bank tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama keng imkoniyatlar yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bankning Sirdaryo viloyati boʻlimi tomonidan mahalliy hamda markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun bankning doimiy mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatning holati bilan tanishtirish maqsadida joylarga press-tur tashkil etildi.
Ayni paytda, TIF Milliy bankning viloyat boʻlimi tomonidan 1 ming 293 nafar yuridik, 40 ming 316 nafar jismoniy shaxslar, 1 ming 843 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga namunali xizmat koʻrsatib kelinmoqda.
Tadbir davomida milliy bank viloyat boʻlimi tomonidan moliyalashtirilgan “AWP” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi, “SHIRIN AGRO NUR” MCHJ hamda “Voha Barakasi” mini-marketlariga sayohat uyushtirildi.
Press-tur ishtirokchilari “AWP” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonada boʻlib, bu yerda ishlayotgan 267 nafar ishchi-xizmatchilarga yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlari, jamoaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ishchi-xizmatchilar bilan suhbatlashdi.
2017-yilda tashkil topgan ushbu qoʻshma korxonaning loyiha qiymati 9 million 900 ming AQSH dollarni tashkil etib, shundan 1 million 360 ming AQSH dollari TIF Milliy bank viloyat boʻlimi kredit mablagʻlari, 8 million 550 ming AQSH dollarini xorij sarmoyasi tashkil etadi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan turli santexnika mahsulotlarining asosiy qismi xorijga eksport qilinayotgan boʻlsa, ichiki bozorga chiqarilayotgan mahsulotning bir qismiga talab yuqoriligi uning sifati jahon standartiga toʻla javob berishidan dalolat beradi.
Tadbir ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida Shirin shahridagi “SHIRIN AGRO NUR” masʼuliyati cheklangan jamiyat hamda Xovos tumani “Soxibkor” MFY hududidagi “Voha Barakasi” mini-marketiga tashrif buyurib, ushbu korxonalarning ish faoliyati bilan ham atroflicha tanishtirildi.
“SHIRIN AGRO NUR” MCHJ 2016-yilda tashkil etilgan boʻlib, bu yerda 1 gektarlik issiqxonada eksportbop turli qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiriladi. Uning umumiy loyiha miqdori 700 ming AQSH dollarini tashkil etib, shundan 150 ming AQSH dollari korxonaning oʻz mablagʻlari, 567 ming 800 dollari esa TIF Milliy bank tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga toʻgʻri keladi.
Tadbir nihoyasida bank viloyat boʻlimi press-turda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “TIF Milliy bank bilimdoni” deb nomlangan viktorina tashkil etdi. Jurnalistlarda yorqin taassurot qoldirgan ushbu tanlov gʻoliblari bankning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki xuddi shunday press-turlarni belgilangan jadval asosida viloyatning boshqa hududlarida ham oʻtkazishni rejalashtirgan.
Reklama huquqi asosida