French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotni rivojlantirish deputatlar e’tiborida
15:41 / 2025-09-27

O‘zLiDeP Buxoro shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya shahar Kengashi a’zolari, mas’ul xodimlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan  2025 yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida birlashma rahbari o‘rinbosari Xurshid Turdiyevning axboroti tinglandi. 

Bugungi kunda shahar aholisiga 1ta shahar markaziy shifoxonasi, 11 ta oilaviy poliklinika va 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta mahalla tibbiyot punktlaridan iborat jami 14 ta tibbiyot muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 

Tibbiyot muassasalarida 209 ta byudjet shifo o‘rinlari, 124 ta xo‘jalik hisobidagi shifo o‘rinlari, 11 ta statsionardagi kunduzgi byudjet o‘rinlar va 135 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalaridagi kunduzgi shifo o‘rinlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shaharning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 172 ta tibbiyot brigadalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda jami 333 nafar patronaj hamshira, 161 nafar amaliyot hamshirasi, 25 nafar doyalar faoliyat ko‘rsatadi.

2025 yil 3 chorak davomida shahar aholisining umumiy kasallanishi o‘tgan yilga nisbatan 2459 taga kamayib, 126560 nafarni tashkil qilmoqda. Aholi o‘rtasida kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan rejaga muvofiq Endokrinologiyada 74115 nafar, kardiologiya 70898 nafar aholi skrining tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada aholi o‘rtasida 414 ta yurak qon-tomir va 398 ta qandli diabet kasalliklari barvaqt aniqlanib, bemorlar davolanishga yo‘naltirildi. 

Yig‘ilishda shuningdek, shahar sog‘liqni saqlash tizimida 2025 yilning oxiriga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan ham tegishli ma’lumotlar berildi. 

– Yurtimiz tibbiyot muassasalarida korrupsiyaning oldini olish zarurati dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarda bu haqda qayta-qayta so‘z yuritayotganligi bejiz emas. Shu bois har bitta tibbiyot muassasasida bu masala alohida e’tiborda bo‘lishi zarur. Shundagina sohadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar to‘liq bartaraf etilishiga erishiladi, – deydi Parlament quyi palatasi deputati M.Baratova.

Qo‘shma yig‘ilishda muhokama etilgan masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.