Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotdagi islohotlar: yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun
16:17 / 2023-08-19

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Tibbiyotdagi islohotlar: yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, istiqlol yillarda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, uni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 

Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining dastlabki davridayoq aholi salomatligini asrash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish masalasini ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berdi. 

2022 yilning o‘zida tibbiyot sohasiga byudjetdan 29 trillion so‘m yo‘naltirildi. Tizimni tubdan yaxshilash bo‘yicha Prezidentimizning qator farmon va qarorlari qabul qilinib, xalqimizning sog‘lom va uzoq umr kechirishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatida ham katta o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Xususan, travmatologiya va ortopediya ilmi va amaliyotining so‘nggi vaqtlardagi tendensiyalarini hisobga olib, markazda restrukturizatsiya hisobiga bir necha yangi bo‘limlar tashkil etildi. Sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida tizimdagi mavjud ko‘pgina muammolar butkul barham topdi.

Viloyatlarda esa bolalar travmatologiyasi va ortopediyasida eng ko‘p uchraydigan son suyagini tug‘ma chiqishi, oyoqlar deformatsiyalari, suyak sinishlari kabi patologiyalarni erta diagnostikasi va davolash sifati ko‘tarilgani sababli hududlardan murojaatlar soni kamaydi. Shuni hisobga olib bolalar ortopediyasi va bolalar travmatologiya bo‘limlari birlashtirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston tibbiyot amaliyotida noyob soha – qo‘l va oyoq panjasi xirurgiyasi bo‘limi tashkil etildi. Yelka bo‘g‘imi jarohatlari va kasalliklarini davolashda artroskopik texnologiyalarni tatbiq etish maqsadida ikkinchi artroskopiya bo‘limi tashkil etilgani sohada yana bir muhim qadam bo‘ldi. 

Jahon tibbiyotida eng ko‘lami keng, ammo respublikamizda endi shakllantirilayotgan soha – reabilitatsiya sohasini rivojlantirish uchun alohida reabilitatsiya bo‘limi ishga tushirildi.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o‘tgan vaqt ichida qanchadan-qancha bemor ushbu markaz orqali o‘z sog‘ligini tikladi, xorijga borib davolanishga sarflanadigan puli tejaldi.

Tadbir yakunida mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini ta’minlash bilan bog‘liq maqsadlarni amalga oshirishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

                  O‘zA