French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotdagi hamkorlik
10:22 / 2025-11-11

Xitoy Xalq siyosiy maslahat Kengashi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “GX Gonkong” xayriya jamg‘armasi raisi Lyan Chjenni boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoro Davlat tibbiyot instituti va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Ilmiy markazi Buxoro filialida bo‘ldi.

Mehmonlarni boshqarma boshlig‘i E.Oltiyev va filial direktori M.Rajabov kutib oldi. 

Delegatsiya a’zolari  filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tibbiy xizmatlar ko‘lami, yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, tatbiq qilinayotgan zamonaviy davolash-diagnostika usullari, sohada erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. 

Uchrashuvda “GX Gonkong” xayriya jamg‘armasi bilan filial o‘rtasida tibbiy faoliyatni rivojlantirish uchun imtiyozli foydalanish, bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish va boshqa qator masalalar xususida maqsadli kelishuvlarning rejalari tuzildi. 

Zarif Komilov, O‘zA