English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotda xususiy tarmoqning rivojlanishi aholiga qulaylik yaratmoqda
08:33 / 2022-04-30

FOTOREPORTAJ

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy tarmoq faoliyatini ham rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Xususiy sektor rivoji esa sohada sog‘lom raqobatni yuzaga keltirib, tibbiy xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash uchun zamin yaratmoqda. 

Xususan, Termiz shahridagi yaqinda ish boshlagan “Hayot” klinikasi kasallikni barvaqt aniqlash, tashxis qo‘yish va davolashda yuqori imkoniyatga ega zamonaviy tibbiy jihoz va uskunalardan foydalanmoqda. 

[gallery-6878]

Klinikada oliy toifali shifokor hamda o‘rta tibbiyot xodimlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun bor imkoniyatini ishga solayotir.

Bu yerda barcha turdagi laboratoriya tekshiruvlari zamonaviy usulda tez va sifatli amalga oshiriladi. E’tiborlisi, og‘ir ahvoldagi bemor klinikaga kela olmasa, mutaxassislarning o‘zi uning uyiga tashrif buyurib, kerakli tahlillarni o‘tqazadi. O‘z navbatida tahlil natijalari ham manzilga yetkazib beriladi. Ushbu xizmatlar aholiga yanada katta qulaylik yaratmoqda.

Yaqin kunlarda klinikada sun’iy urug‘lantirish (EKO) amaliyotini amalga oshirish ham yo‘lga qo‘yiladi. 
 


Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA