Prezident tashrifidan so‘ng...
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili 10 noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgani, ulardan ilg‘or tashabbuslar chiqayotganini aytdi. Xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ularning barcha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini, kelgusida tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha sharoitlar yaratish davom ettirilishi ta’kidlagan edi.
Ayni maqsadlarga muvofiq yurtimizda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratib borilmoqda. Olmazor tumanida joylashgan “Sinomed” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bugungi kunda aktual bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Olmazor tumanidagi mazkur ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishgan edi.
– Klinikamiz tug‘ruq, pediatriya, xirurgiya, travmatologiya, ortopediya, endokrinologiya va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Klinikada diagnostika hamda statsionar bo‘limlari mavjud. 30 million dollar evaziga barpo etilgan markazimizdagi uskunalar Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya va Germaniya davlatlaridan olib kelib kelingan, – deya fikr bildiradi “Sinomed” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Kamolxo‘ja Eshnazarov. – Markazimiz yiliga to‘rt yarim ming nafar bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Bu yerda 300 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, 80 nafardan ortiq shifokor faoliyat yuritadi. Ulardan 60 nafari xorijda, xususan, Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Amerika kabi davlatlarda malaka oshirgan shifokorlardir. Shu bilan birga, klinikada xorijlik mutaxassislar ham faoliyat yuritmoqda.
Mazkur markaz tarkibida Toshkent shahrida birinchi xususiy tug‘ruq majmuasi ishga tushirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 30 nafar ayolga xizmat ko‘rsata oladi. Kelgusida o‘rinlar sonini yanada ko‘paytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cE9XWdhu0gk" title="Tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash samara bermoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi.