Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotda samarali innovatsion boshqaruv modellarini joriy etish — muhim
14:17 / 2022-10-28

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi bilan birgalikda tanishtiruv seminari tashkil etildi.

Seminar sog‘liqni saqlash tashkilotchilarining malakasini oshirish maqsadida ichki integratsiya formatida o‘tkazildi va ma’muriy shakldagi davlat muassasalari faoliyati bilan tanishish imkoniyatini berdi. 
  
Milliy palata faoliyati, uning funksiyasi va vazifalari bilan tanishuv kelajakda nafaqat ochiq muloqot, balki axborot almashish va muammolarni profilli yondashgan holda hal qilish bo‘yicha takliflarni tinglash uchun platforma yaratishi ta’kidlandi. 
  
Samarali innovatsion boshqaruv modellarini joriy etish, xususan, tibbiyot muassasasini boshqarish, tibbiy xizmatlar bozorining rivojlanishi va jamiyatning ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga doimiy o‘zgarib turadigan yehtiyojlarini hisobga olgan holda davolash-profilaktika ishlari muammolarini hal qilish, boshqaruv tizimi uchun yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim standartlarini joriy etishni talab qiladi. Bu nafaqat sog‘liqni saqlash sohasidagi professional bilimlarni, balki menejment va marketing bilimlarini ham nazarda tutadi. 


  
M.Qosimova, O‘zA