Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning «Tabib doimo o‘z bilimini yangilab turmog‘i lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi», degan hikmatli so‘zlari oradan ming yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagani ta’kidlandi.
Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi.
Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim bo‘ladi.
Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yo‘lga qo‘yiladi.
Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limi markazi tashkil qilinadi.
O‘zA