O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Respublika sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi tizimi joriy etiladi. Tizimning asosiy maqsadlari:
a) xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish;
b) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, xususan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar, mahalla tibbiyot punktlari faoliyatini yagona yondashuv asosida tashkil qilish orqali aholiga tibbiyotni yanada yaqinlashtirish;
v) aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish;
g) sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirish;
d) aholining birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan roziligi darajasini 85 foizdan oshirish;
ye) tibbiyot xodimlarini samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari asosida moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish;
j) tibbiyot brigadalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ladi.
O‘zA