Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotchilar uchun o‘quv-amaliy seminar
11:46 / 2024-01-30

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasida tizimdagi tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda 2024 yilning 1 fevralidan 1 apreliga qadar aholining salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib tegishli guruhlarga tasniflash uchun qayta xatlov ishini tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

– Seminarda tashkil etilgan tibbiy brigadalar kesimida profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, surunkali kasalliklar aniqlangan bemorlarni dispanser kuzatuviga olish, sog‘lomlashtirish bo‘yicha individual reja tuzgan holda ishni tashkil etish choralarini ko‘rish haqida ma’lumotlar berildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Hasanov. – Shuningdek, mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlarni nazoratga olish, 40 va undan katta yoshdagi aholining yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, ayollarda onkologik ko‘krak bezi va bachadon saratonini aniqlash bo‘yicha skrining ko‘riklar o‘tkazish va ko‘plab boshqa dolzarb masalalar ham diqqat markazimizda bo‘ldi.  

Tadbirda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, u yerda faoliyat olib borayotgan tibbiy brigada va ular oldida turgan vazifalar, uni ijro etish mexanizmlari to‘g‘risida tavsiya va maslahatlar berildi.  

A.Bo‘riyev,

O‘zA muxbiri