Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotchilar farzandiga o‘quv qurollari topshirildi
12:54 / 2022-08-22

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi hamkorligida sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning 200 nafar farzandiga maktab sumkasi hamda o‘quv qurollari topshirildi.

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari A. Salixov va uyushmaning viloyat kengashi raisi E. Nuraliyev yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan qutladi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan tadbir ishtirokchilari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning o‘qishi, dam olishi uchun barcha zarur yordamlar ko‘rsatilishi hamda ularni o‘quv yili boshlangunga qadar “Nihol” oromgohida maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashishi alohida ta’kidlandi.

[gallery-8436]

Tadbirda ota-onalar so‘zga chiqib, farzandlarining kamol topishida viloyat kasaba uyushmasi kengashi tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar xususida to‘lqinlanib gapirdi. Xursandchilikdan dillari shod bo‘lgan bolajonlar esa maktabda a’lo baholarga o‘qishga va’da berdi.

Muqimjon QODIROV, O‘zA