FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar, hamshiralar hamda soha faxriylari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E. Mamatqulov hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A. Iminov soha vakillarini bayram bilan qutlab, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi beqiyos o‘rni, inson salomatligini asrash yo‘lidagi fidokorona mehnatini e’tirof etdi. Shuningdek, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, tibbiyot xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
[gallery-26160]
Bir guruh faol shifokor va hamshiralar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA