Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xodimlarining 24 million soʻmga yaqin miqdoridagi nafaqa pullari toʻlab berildi
17:35 / 2020-07-27

Homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilgan yuqoridagi 11 nafar hisoblangan jami 23 million 933 ming soʻm miqdoridagi nafaqa pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.


Buxoro tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi oʻrganilib, tahlil qilinganda birlashmaning 11 nafar ishchi-xodimlari oldida jami 23 million 933 ming soʻm miqdorida homiladorlik va tugʻish nafaqalaridan boʻlgan qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

–Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasida homiladorlik va tugʻish nafaqasi homiladorlik va tugʻish taʼtilining butun davrida toʻliq ish haqi miqdorida toʻlanishi, Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-maydagi 1136-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan buyruq bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomning 40-bandida homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻlishi va 104-bandida esa homiladorlik va tugʻish nafaqasi tugʻishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qatʼi nazar, taʼtilning toʻliq davri uchun bir yoʻla toʻlanadi, deb belgilangan, – deydi tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi Sanjar Rahmatullayev.

Yuqoridagi hujjatlarga asosan, tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi. Homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilgan yuqoridagi 11 nafar hisoblangan jami 23 million 933 ming soʻm miqdoridagi nafaqa pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.