Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xodimlari uchun qulaylik yaratilmoqda
23:35 / 2023-09-25

Guliston shahrida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Sirdaryo viloyati filiali ish boshladi. Bu esa, soha xodimlariga oilasidan uzoqlashmagan holda kasbiy va ilmiy salohiyatini Toshkentda emas, Sirdaryoda oshirish imkonini beradi.

– Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatda katta ekanligini hisobga olsak, xodimlarning ishdan ajralmagan holda malaka oshirishi imkonining yaratilgani yangilik bo‘ldi, – deydi Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Hakimov. – Qolaversa, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishda, uning uzluksizligini ta’minlashda qo‘l keladi. Ochig‘ini aytganda, kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlarda shifokorlarning Toshkentda malaka oshirishi muammolarni keltirib chiqarardi. Bu jarayonga endilikda barham berildi.

– “RDM” klinikasi negizida ish boshlayotgan markazimiz filiali sirdaryolik tibbiyot xodimlari uchun bir qator qulayliklarni beradi, – deydi Markaz rahbari, professor Habibulla Oqilov. – Malaka oshirish kurslari ular uchun markazda qisqa o‘tkazilgan bo‘lsa, filialda sirdaryolik soha xodimlari uchun uch, hatto olti oylik malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

 

Filialning ochilishida yangi va zamonaviy tibbiy jihozlar, yangi davolash protokollari, uni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar haqida so‘z bordi. Bundan yigirma yil muqaddam kichik bir tibbiyot muassasasi sifatida ish boshlagan, endilikda 180 o‘ringa mo‘ljallangan, katta bir klinikaga aylangan “RDM” klinikasi, unda amalga oshirilayotgan ishlar, davolash va tashxislash usullari, erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.  

Tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan olimlar, Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA