Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xodimlari sportda ham peshqadam
10:16 / 2025-10-08

FOTOREPORTAJ

Jizzax politexnika institutida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamkorligida tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida an’anaviy spartakiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanlardan saralab olingan 15 ta tibbiyot muassasasining 200 nafarga yaqin xodimi mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorat va jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi.

- Xodimlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda bu kabi musobaqalar muhim ahamiyatga ega, - deydi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax viloyat Kengashi raisi Melitoji Yoqubov. - Sport tadbirlari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ham xizmat qiladi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, stol tennisida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali xodimi Shahzod Asqarov hamda Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi vakili Durdona Ermatova g‘olib deb topildi.

[gallery-25643]

Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi xodimi G‘anisher Mahammatov va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali vakili Shoira Muzaffarova shaxmatda barcha raqiblarini mot qildi. Shashka bahslarida esa Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi xodimi Baxtiyor Abdunazarov hamda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi vakili Aziza Yo‘ldosheva peshqadam bo‘ldi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA