Tibbiyot xodimlari sharaflandi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bayram munosabati bilan tibbiyot xodimlari uchun tantanali tadbir tashkil etildi.
Marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘z olib, sog‘liqni saqlash tizimining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida e’tirof etdi, soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi.
Tizimda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-26131]
Bayram tadbirida vohaning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA