“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan “Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalarini o‘tkazib turish qayd etilgan.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar sport insonlarni bir-biriga yaqinlashtirishi, quvnoq va ko‘ngilochar suhbatlar ishchanlik kayfiyatini oshirib, mehnat unumdorligiga katta hissa qo‘shishi, bu kabi sport tadbirlarini keyinchalik ham tizimli tashkil etish haqida so‘z yuritdi.

Boshqarma, tuman va shahar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida viloyat boshqarmasi jamoasi 1-o‘rinni, Karmana tuman bo‘limi jamoasi 2-o‘rinni, Xatirchi tuman bo‘limi jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri