O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilangan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, birlamchi tibbiy yordamni kuchaytirish, tibbiyot xodimlari mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirib berildi.

Shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.


Muhokamalar davomida tibbiyot xodimlari Murojaatnomada belgilangan vazifalarning amaliy ahamiyati, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda tutgan o‘rni hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri.