Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xabarlari – qisqa satrlarda
20:08 / 2024-12-26

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik memorandumidan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni tabiiy fanlarga qiziqtirish, ularni ilmiy-texnik yo‘nalishda rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashdir.

Bundan tashqari kimyo, biologiya, farmatsevtika kabi sohalarga jalb qilishni va ularga ushbu yo‘nalishlarda bilim olish imkoniyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

***

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Unimed Pharmaceuticals Inc.“ kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kompaniyaning joriy yutuqlari va kelgusi rejalari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari “Tashkent Pharma Park” klasteri hududida joylashgan farmatsevtika zavodining qurilishini 2025 yil oxirigacha yakunlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishlarini bildirdi. Zavod oftalmologik ko‘z tomchilari, bo‘g‘imlar uchun gialuron in’eksiyalari va odam platsentasidan ishlab chiqarilgan preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashadi.

***

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “ACDIMA” (Arab Company for Drug Industries and Medical Appliances) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratildi.

“ACDIMA” farmatsevtika sohasida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mintaqaviy va xalqaro bozorlarda yuqori sifatli dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar va biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘zining ilg‘or texnologiyalari, malakali kadrlar bazasi va innovatsion loyihalarga sodiqligi bilan tanilgan.

“ACDIMA” kompaniyasi vakillari mahalliy hamkorlar bilan qo‘shma investitsiyalarni o‘rganish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlash va mavjud imkoniyatlarni samarali rivojlantirish bo‘yicha qiziqishlarini bildirdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA