Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xabarlari – qisqa satrlarda
13:54 / 2024-02-13

Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi “Sofosbuvir-400mg“ dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi.

Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanishi belgilangan.   

Misr hukumati 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollarilik jami 800 ming dona “Daklatasvir”, Sofosbuvir“ hamda ”Entekavir” dori vositalarini yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etishni rejalashtirgan.   

***   

SSV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti – GVP” standarti joriy etilib, vazirlikda dorilarning nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida elektron baza shakllantiriladi. Bu haqdagi ma’lumotlarni tibbiyot xodimlari va aholiga tezkor yetkazish yo‘lga qo‘yiladi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi davlat korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi.   

Shuningdek, teleradiokanallar orqali dorilar va biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilish Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan maxsus kengashning xulosasi asosida mumkin bo‘ladi.   

***   

Bolalar milliy tibbiyot markazining bir guruh malakali shifokorlari Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, tibbiy ko‘riklar tashkil etdi.   

Urologiya, neyroxirurgiya, kardiologiya, nevrologiya, oftalmologiya, xirurgiya yo‘nalishidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan bemor bolalarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlar o‘tkazildi.  

 

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA