Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot vakillari orasida COVID-19 qurbonlari qancha ekaniga oydinlik kiritildi
09:28 / 2021-05-25

COVID-19 sababli dunyo bo‘yicha kamida 115 ming nafar shifokor vafot etgan, deb bayonot berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

"Bu raqam yakuniy emas, bizning dastlabki hisobimiz bo‘yicha kamida 115 ming shifokor boshqalar hayotini himoya qilish uchun o‘z jonlarini qurbon qildi. Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari haqiqiy ma’noda qahramonlardir", - dedi Gebreyesus Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 74 sessiyasida so‘zga chiqib.

Uning ta’kidlashicha, tibbiyot xodimlari aksariyat hollarda o‘z hayotini saqlash uchun  zarur bo‘lgan jihozlar, tibbiy texnikalar, dori-darmonlar bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Ularning mehnatiga yetarlicha haq to‘lanmagan, ularni hurmat qilishmaydi, ish sharoiti esa xavfsiz emas.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi — JSSTning oliy rahbariyati organi hisoblanadi. Uning faoliyatida barcha davlatlar delegatsiyasi ishtirok etadi.  

Assambleya sessiyasi barcha a’zolar, BMT kuzatuvchilari va boshqa hukumatlararo tashkilotlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari   vakillari uchun ham ochiq hisoblanadi.