Tibbiyot va pedagogika yo‘nalishida o‘rta ma’lumotli mutaxassislik uchun abituriyentlar test topshirdi
Surxondaryo viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 4 ta jamoatchilik texnikumi, bitta tibbiyot hamda 9 ta pedagogika kollejiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
[gallery-137]
Joriy o‘quv yili uchun tibbiyot va pedagogika yo‘nalishlarida o‘rta ma’lumotli mutaxassislikni egallash uchun viloyat bo‘yicha jami 18 ming 363 abituriyent hujjat topshirgan. Test sinovlarida yuqori ball to‘plagan 4 ming 830 nafar talabgor yoshlar o‘qishga qabul qilinadi. Ularning 508 nafari davlat granti, 4 ming 322 nafari to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA