Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot tizimida pullik xizmat
17:16 / 2023-02-08

Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida pullik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami 48 o‘rinli Vip-palatalar tashkil etildi.

Bu haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Unda ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida markazning travmatologiya, urologiya, rejali xirurgiya, ko‘krak jarrohligi, pulmonologiya, nevrologiya, nefrologiya, revmokardiologiya bo‘limlarida ana shunday barcha qulayliklarga ega bo‘lgan palatalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Bu orqali topilgan mablag‘lardan shifoxona moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bemorlar uchun qulayliklar yaratish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish maqsadlarida foydalaniladi.

Kelgusida boshqa bo‘limlarda ham shunday palatalar ochish mo‘ljallanmoqda.  

O‘lmas Barotov,O‘zA.