English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot texnologiyalari tayyorlash borasida uch million dollarlik kelishuvga erishildi
12:48 / 2019-12-19

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yaxshilash maqsadida Yaponiyaning “Sakura Global Holding Co., Ltd.” kompaniyasi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga inkubatorlar va boshqa tibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha uch million dollarlik kelishuvga erishildi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yaxshilash maqsadida Yaponiyaning “Sakura Global Holding Co., Ltd.” kompaniyasi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga inkubatorlar va boshqa tibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha uch million dollarlik kelishuvga erishildi. Loyiha Yaponiyaning texnik va texnologik ko‘magida yurtimizning olis hududlarida amalga oshiriladi. Albatta, tibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqarishning o‘ziga xos qiyinchiliklari bo‘lgani bois malakali kadrlarga ehtiyoj juda yuqori.

Shuning uchun loyiha doirasida mutaxassislar malakasini oshirish, ularni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishida uzoq va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish ham mo‘ljallanmoqda.

Dastlab yiliga 30-50 dona inkubator ishlab chiqariladi. Keyingi bosqichlarida esa bu ko‘rsatkichni 2-3 barobarga oshirib, asbob-uskunalar uchun sterilizator va operatsiya stollarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu esa 50 ta yangi ish o‘rni yaratish va tibbiyotni sohasini muhim uskunalar bilan jihozlash imkonini beradi.