Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
11:19 / 2024-07-25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 20 iyundagi PQ-197-son qarori ijrosi yuzasidan tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash orqali ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi negizida tibbiy faoliyatni litsenziyalash va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tashkil etilgan edi.

Mazkur qaror bilan ushbu Markazning asosiy vazifalari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlash;

tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;

litsenziatlarning tibbiy xizmatlar sifati, litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;

tibbiyotning nodavlat sektorini davlat tomonidan qo‘llab-kuvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

nodavlat     tibbiyot tashkilotlarini         xalqaro tan          olingan

akkreditatsiyalashda qatnashish va ularni qo‘llab-quvvatlash;

xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish;

tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalashning milliy tizimini joriy etish.

Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlar;

xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning grantlari;

Markazning vaqtincha bo‘sh turgan byudjetdan tashqari mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lardan iborat bo‘ladi.

                                                                                            O‘zA